Sirtqi bo‘lim boshlig‘i A.Abdumalikov vao‘rinbosarlari boshchiligidafakultetning guruh sarkorlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Sirtqi bo‘lim talaba-yoshlar bilan o‘quv jarayonidagi yangiliklar, universitet odob-axloq qoidalari hamda korrupsiyani oldini olish, talabalarning davomatihaqida suhbatlashdi.
Shuningdek, Sirtqi bo’lim talaba-qizlari hamda universitetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi B.Qurbonova ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida universitet odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati, ichki tartib-qoidalar, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, yurtimizda ayollarga berilgan imkoniyatlar haqida ma`lumotlar berildi.