Ayni kunlarda yurtimizda fuqarolarimiz hayotida muhim huquqiy o’zgarishlar kuzatilayotganiga barchamiz guvoh bo'lmoqdamiz. Yangi O'zbekistonni barpo etishda Milliy qomusimiz bo'lgan Konstitutsiyamizning hozirgi zamon talablariga to'la javob bera oladigan mukammal holga keltirish maqsadida, qayta ko’rib chiqish jarayonlarida jamoatchilikning fikri muhim o'rin tutayotgani, yurtimizda inson huquqlariga bo'lgan e'tiborning yuksak na'munasi deyish mumkin.
Farg'ona davlat universitetida Yangi Konstitutsiyamizning yaratilishida aholining taklif va mulohazalarini o’rganish maqsadida “Biz kelajak uchun javobgarmiz” shiori ostida yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda O'zbekiston ekologik partiyasi markaziy kengashi raisi o’rinbosari A.Xamzayev va Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining Ekologik masalasi bo’yicha bo’lim boshlig’i R.Begmatov, viloyat bo'limi vakillari, oliygoh rahbariyati hamda ekologiya fakulteti talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Yig'ilishni universitetning yoshlar masalalar bo'yicha ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori F.Otaqulov ochib berdi.
Yig'ilishda so'zga chiqqan O’zbekiston ekologik partiyasi markaziy kengashi raisi o’rinbosari A.Xamzayev kelajak avlodlarga sog'lom ekologik muhitni qoldirishimiz, har bir insonning fuqorolik burchi ekani va uni asrashda xalqimizning eng quyi qatlamidan boshlab ekologik tarbiyani shakllantirish va uni rivojlantirish zarurligi haqida gapirdi. Shuningdek, bu boradagi ishlar avvalo oiladan, so'ng maktabgacha ta'lim, maktab, oliygoh shaklida tizimli amalga oshirish masalalariga to’xtalib o’tdi hamda professor-o’qituvchi va talabalarning darsliklar yaratish, yetuk mutahassislarni ish bilan ta'minlash kabi takliflari muhokama qilindi.
Tadbirda Ekologiya fakulteti 3-bosqich talabasi tomonidan “Kelajakda suv tanqisligi holati kuzatilish ehtimoli borligi” haqidagi munozarali savolni o'rtaga tashladi. Mutaxassislar bu ehtimoli qanchalar to'g'ri ekani haqida faktlar keltirib o’tdilar. Jumladan, orol dengizining qurishi va uning kelgusidagi iqlim bilan bog'liq muammola paydo bo’lishi, bu esa tabiatda suvning taqchilligini keltirib chiqarishi haqidagi misollar bilan isbotlab berildi. Yurtimizda suvni tejash to'g'risida amalga oshirilayotgan ishlar va unda fuqarolarning burch va majburiyatlari haqida gapirildi.