Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA ILMIY –AMALIY ANJUMAN

17:06, 24.06.2022      

Xalqimizning ozodligi, kelajak avlodning farovon hayotini ta’minlash yo’lida mardona kurashib, mustabid tuzumning Qatag’on qurboniga aylangan ajdodlarimizning xotirasini abadiylashtirish va ma’naviy merosini chuqur o’rganish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi tashkil etildi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilgi 9/36-sonli qaroriga asosan, 13ta viloyatda Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil etildi.

Yurtimizda 2001-yil 31-avgust “Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni” sifatida keng nishonlab kelinmoqda.

Bugun, Farg’ona davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Farg‘ona davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, universitetning Tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi hamda “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi tomonidan o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekistonda qatag‘on davri tarixining o‘rganilishi va shahidlar xotirasini abadiylashtirish: yutuqlar, muammolar va yondashuvlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.

Anjumanda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor B.V.Hasanov;

Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i - X.R.Ahmedov;

Farg‘ona viloyat kasaba uyushmasi birlashmasi kengashi raisi E. Nuraliev va viloyatlardan kelgan oliy ta’lim muassasalarining tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktorlari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Xususan,

  • -Farg’ona davlat universiteti Tarix fakulteti dekani Husniddin Jo’rayev “Aholining Turkistonga ko’chirilishi – Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatining ajralmaz qismi”;
  • -O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor – Bahtiyor Hasanov “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarida muzey ashyolarini to‘plash, fondlarni boyitish va qo‘shimcha xizmatlar sohasini rivojlantirish, tashrifchilar sonini ko‘paytirish muammolari”;
  • -Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor – Rustambek Shamsutdinov – “Turkiston, Xorazm va Buxorodagi “bosmachilik” istiqlolchilik kurashi yangi topilgan manbalar talqinida” kabi ma’ruzalar anjuman ishtirokchilarining e’tibor markazida bo’ldi.

Kunning ikkinchi yarmida Farg’ona davlat universiteti faoliyati hamda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyati bilan tanishdilar.

Anjuman, 24-25-iyun kunlari ham davom etishi rejalashtirilgan bo’lib,

  • -2022-yil 24-iyun kuni – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari direktorlari Kengashi yig’ilishi o’tkazilishi;
  • -Farg’ona viloyati tarixi va madaniyati muzeyi hamda Marg’ilon shahridagi tarixiy muzeylarga sayohat;
  • -Farg’ona davlat universitetining “BOOK CAFE”sida san’atshunoslik fakulteti professor-o’qituvchilar va talabalarining konsert chiqishlari “Bir piyola choy ustida” davra suhbati o’tkaziladi

2022-yil 25-iyun kuni – Farg’ona viloyatidagi Rishton hamda Qo’qon muzeylariga tashrif buyuradilar. Kunning ikkinchi yarmida tadbirning yakuniy yig’ilishini o’tkazish rejalashtirilgan.