Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilarning 2021-2022 o'quv yili yakunlari bo'yicha hisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda kafedradagi har bir professor-o'qituvchining shaxsiy rejalari bo'yicha bajarilgan ishlartanqidiy tahlil qilindi.
O’qituvchilarga fakultet dekani I.Yuldashev hamda kafedra mudiri X.Xaydaraliyevlar tomonidan kerakli ko'rsatmalar berildi va kafedra ilmiy salohiyatini oshirish yuzasidan kelgusi ishlar rejalashtirildi.