Yurtimiz bo‘ylab “Yoshlar kuni” oldidan “Yangi nafas” yugurish musobaqalari o‘tkazildi.
30 iyun – “Yoshlar kuni” va “Xalqaro olimpiya” munosabati bilan 2022-yil 26-iyun sanasida mamlakatimizning Farg'ona, Namangan, Samarqand, Guliston, Chirchiq, Jizzax, Farg‘ona, Shahrisabz, Toshkent shaharlarida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkazildi.
Farg’onada o’tkazilgan “Yangi Nafas” sport yugurish marafoni Farg'ona davlat universiteti hududidan boshlandi. Unda nuroniylar, imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz ham faol ishtirok etishdi.
Respublikamiz doirasida o‘tkazilgan "Yangi nafas" yugurish marafonida Farg‘ona davlat universitetining talabalari oliy o’rinlarni band qildilar. Jumladan,
Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi - Rahmatillo Nuraliyev –1-o’rin;
Finish nuqtasi bo'lgan San'at Saroyi maydonida marafon g‘oliblariga tantanali ravishda esdalik sovg‘alari topshirildi.