Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​BIZNING TALABALAR G'OLIB!

12:21, 28.06.2022      

Yoshlarni fan sohasidagi bilimlarini aniqlash maqsadida, Oliy ta'lim muassasilari bitiruvchilari o'rtasida "Kimyo", "Bilogiya", "Fizika" va "Informatika va axborot texnologiyalari" fanlaridan respublika fan olimpiadasi o’tkazildi.

Fan olimpiadasi ikki bosqich nazariy(test) hamda amaliy(laboratoriya, Informatika fanidan amaliy topshiriq)da shaklda bo'lib o'tdi.

Ushbu fan olimpiadasida Farg’ona davlat universitetining bitiruvchi yoshlari ham faol qatnashdilar.

Jumladan, Tabiiy fanlar fakulteti, biologiya o'qitish metodikasi yo’nalishi, 4-bosqich talabasi Islombek Ro'ziboyev biologiya fani bo'yicha faxrli 1-o'rinni egalladi.

Fizika-texnika fakulteti Fizika va astranomiya o'qitish metodikasi yo’nalishi, 4-bosqich talabasi Islambek Farmanov fizika fani bo'yicha faxrli 1-o'rinni egalladi.

Fizika-texnika fakulteti, Fizika va astronomiya o'qitish metodikasi yo’nalishi, 4-bosqich talabasi Izzatillo Rahmatov fizika fani bo'yicha faxrli 4-o'rinni egalladi.