Bugun, Respublika Oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Hakimov Raxim Rasuljonovich hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovichlar boshchiligida yurtimizda kuzatilayotgan “Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni” mavzusida videokonferensiya bo’lib o’tdi.
Ma’lumki, keng jamoatchilik xoxish – istaklariga binoan, bosh Qomusimizniyanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida, amaldagi Konstitutsiyani Oliy Majlis Palatalari tomonida qayta o’rganilib, o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilayotganiga guvoh bo’lmoqdamiz.
Bu borada fuqarolarimiz o’z taklif va mulohazalari bilan murojaat qilib, faol qatnashayotgani, xalqimiz ongidahuquqiy savodxonlikning yuqori darajaga ko’tarilayotganidan dalolatdir.
Farg’ona davlat universitetida o’tkazilgan videokonferensiyada, aholining murojaatlari va keng jamoatchilik xulosalariga tayanib, Yangi Konstitutsiyaning qo’shimcha va o’zgartirish kiritilgan moddalarini fuqarolarga to’g’ri targ’ib qilish, bu borada pedagog hodimlarning hissasi yuqori ekani ta`kidlab o’tildi.
Videokonferensiyada o’zgartirishlar kiritilgan bo’limlar va moddalar e’lon qilindi. Xususan, “Inson huquqlari va erkinliklari”, “Fuqarolarning burchlari”, “Jamiyatning iqtisodiy negizlari” kabi bir qancha bo’limlaridagi o’zgartirishlar bilan tanishtirib o’tildi.