Farg`ona davlat universiteti logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.Mazkur tanlovda proffesional reklama kompaniyalari, agentliklar, talabalar va barcha soha qiziquvchilari ishtirok etishi mumkin.
Logotipga qo‘yiladigan talablar:
Logotip va uning 3 tildagi (o‘zbek, ingliz, rus) ta’rifi keltirilgan matn;
Grafik shakldagi fayl va Farg`ona davlat universitetining nomi yozilgan bo`lishi kerak;
Farg`ona davlat universitetifalsafasi, missiyasi va qadriyatlarini aks ettirishi;
Logotip g‘oyasining teranligi va lo‘ndaligi;
Logotip bosma va nobosma meteriallar, brendlashtirilgan mahsulot hamda korporativ sovg‘alarga moslashuvchanligi;
Logotipning ijodiyligi va betakrorligi.
Tanlovga yuborilgan ijodiy ishlar Farg`ona davlat universitetida tuzilgan maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Komissiya eng yaxshi ishlarni tanlab oladi va Universitet jamosi orasida ovozga qo‘yadi.
Ovozga qo‘yish natijalari hamda tanlov komissiyasining yakuniy xulosasi asosida g‘olib aniqlanib, uning nomi tashkilotning rasmiy sayti http://fdu.uz da e’lon qilinadi.
Farg`ona davlat universitetirektoritomonidan 10 000 000 (o‘n million) so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Taklif va loyihalaringizni logofsu@gmail.com manzilida kutamiz!
Hurmatli talov ishtirokchilari, diqqat qiling, muddat cheklangan!
Tanlov muhlati: 25-sentyabr 2022-yilgacha.