BMTning SDG 5 vazifasi doirasida ayollarning ijodiy imkoniyatlarini keng qoʻllab-quvvatlash va ularni taʼlimda namoyon etishlari uchun universitet rahbariyati tomonidan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning 22 iyul kuni “InnoWeek – 2022” innovatsion g‘oyalar hududiy ko‘rgazmasining Farg‘ona viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi, unda 95 nafar loyiha egalari o‘z ishlanmalari bilan ishtirok etdilar.
Ko'rgazmada 95 ta loyiha ichidan eng saralari tanlanib,ular orasida Zootexniya fakulteti talabalari- 19.69-guruh talabasi Axmadjonova Muxlisaxon Anvarjon qizi va 19.70- guruh talabasi Yoqubova Navruzaxonlar g'oliblikni qo'lga kiritdilar.