Bugun Polshaninig Bidgoshdagi iqtisodiyot universiteti hamkorlari bilan o’zaro aloqalarni mustahkamlash maqasadida delegatsiya tashrifbuyurdi. Mazkur uchrashuv davomida Farg’ona davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor A.O’rinov, Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i S.To’ychiboyzoda ishtirok etdi. Delegatsiya tarkibida Bidgoshdagi iqtisodiyot universitetining xalqaro loyihalar bo’yicha rahbari M.Bergmann, universitetninig Yevropa loyihasi direktori S.Kashuba va koordinatori O.Kopiyka qatnashdilar.
Uchrashuv avvalida ikkala universitet haqidagi ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida hamkorlik nuqtalari bo’yicha takliflar tinglandi, jumladan akademik hamkorlik, o’qituvchilar jalb qilish va almashinuvi, qo’shma konferensiyalar va hamkorlikdagi maqolalar chop etish, Erasmus+ loyihalarida birgalikda ishtirok etish masalalariga to’xtalib o’tildi.