2022- yil 6 avgust kuni soat 10:00 da Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019. FM.05.04 - raqamli ilmiy kengash qoshidagi 01.01.02- «Differensial tenglamalar va matematik fizika» ixtisosligi bo‘yicha tuzilgan ilmiy seminarining majlisi onlayn tarzda o‘tkaziladi.
KUN TARTIBI:
Begaliyev Azizjon Olimnazarovichning 01.01.02- “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligi bo‘yicha «Pfaff tenglamalar sistemasi yechimini davom ettirish masalasining sifat tadqiqoti» mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy seminarning online tarzdagi majlisiga barcha seminar a’zolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi.
Seminar ZOOM platformasi orqali o’tkaziladi. ZOOM IDsi va Parolini qo’shimcha xabar qilinadi.
Manzil: Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi 19 uy, Farg‘ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti binosi, 2-qavat.