Quvaytda o’tkazilgan “1-xalqaro musobaqalar”da O’zbekistonlik charm qo’lqop ustalari umumjamoa hisobida birinchi o’rinni egalladilar. Yurtimiz sharafini himoya qilgan bu o’g’lonlar sportning boks turi bo’yicha kuch sinashib 5 ta oltin medalni qo’lga kiritdilar. Musobaqalarda qatnashgan sovrindorlar safida Farg‘ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi Mannopov Abdumajid 52 kg vaznda Yamanlik Shunayl Al Qarnas bilan kuch sinashdi va g’alaba qozondi.
Talabamizni kelgusidagi musobaqalarda yanada ulkan marralarni zarb etishiga ishonamiz