Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​TALABALIKNING HAYAJONLI UNUTILMAS LAHZALARI

18:07, 29.07.2022      

Ayni kunlarda, yozning jaziramasiga qaramay, oliy ta’lim muassasalari yoshlar bilan gavjum. Ayrimlar ushbu dargohga o’qishga kirib, talaba bo’lish istagida, ayrimlari oliy dargohni tamomlab, uning bag’ridan uchirma bo’lmoqdalar.

Farg’ona davlat universitetida ham bitiruvchi talabalarga diplom topshirish marosimlari boshlab yuborilgan. Jumladan, Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetida quvonchli kun! Bitiruvchi talaba-yoshlar o'z "Diplom"larini oldilar.

Fakultet dekani B.Baydjanov barcha bitiruvchilarga omad tilab, hayotlari davomida olgan bilimlarini faqat maqsadli ishlarga sarflash, kelajak avlodni yanada bilimli, aqlli, mard va vatanga mubabbat ruhida tarbiyalash yo’lida yetuk mutaxassislar bo’lishlari zarurligi haqida uqtirdilar.

Barcha bitiruvchilarni "Diplom" bilan samimiy tabriklaymiz!