Farg'ona davlat universitetida 2022/2023 o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar qizg'in davom etmoqda.
Kuni kecha kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 60111300 - Musiqa ta’limi, 60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 61010300 - Sport faoliyati: Kurash, Futbol yo‘nalishlarida boshlangan imtihonlarda 229 nafar yoshlar ishtirok etdilar.
Imtihon o‘tkaziladigan hududlar to‘liq kamera kuzatuvida va www.fdu.uz sayti orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratilgan.
Imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof o‘tayotganini kuzatish uchun keng jamoatchilik vakillari, deputatlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqdalar.
Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas'ul rahbarlari boshchiligdagi ishchi guruh imtihonlarni ochiq, adolatli va shaffof o'tkazilishi yuzasidan nazorat olib bormoqda.
Ota-onalar uchun kutish maydonlari tashkil etilgan bo‘lib, maydonga o‘rnatilgan monitorlarda kuzatuv kameralari orqali imtihon jarayonlarini kuzatib borishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun IIB hamda tibbiyot xodimlari jalb etilgan.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ertalabki navbatida ishtirok etishi kerak bo‘lgan 86 nafar abituriyentdan 74 nafari imtihon jarayonlarida qatnashdi.
Natijalar esa oliygoh rasmiy saytida yoritib boriladi. (http://fdu.uz/site/sahifa/2864f5cb9c69062804be1041e508b1bcadd666d5170a4bfce) Abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan kuni o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi pasporti, ID va abituriyent ruxsatnomasini olib kelishlarini so'raymiz.
Jarayonlarni esa ushbu manzilda (https://fdu.uz/sahifa?id=264) onlayn kuzatish imkon Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadovning rasmiy kanallari orqali amalga oshirilmoqda
Farg'ona davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 29-iyuldan 8-avgustga qadar quyidagi yo‘nalishlarda (https://t.me/shermuhammadovfardu/6977?single) ertalabki soat 8:00 dan kechki 18:00 ga qadar bo‘lib o'tmoqda.