Farg’ona viloyati, Xonobod shahrida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Farg'ona davlat universitetining Tarix fakulteti professor-o'qituvchilari hamkorlikda arxeologik qazuv ishlari olib borilmoqda.
Tadqiqotlar davomida turli sopol idishlar, ayollar taqinchoqlari, temir buyumlar va boshqa topilmalar topilib, ushbu yodgorliklar miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oidligi aniqlandi.
Qazuv tadqiqoti davomida ishtirok etayotgan iqtidorli magistr va bakalavr talabalar uchun ilmiy o'quv-amaliy darslar olib borilmoqda.