Ayni kunlarda minglab abituriyentlarni o'z bag'riga chorlayotgan Farg'ona davlat universiteti-bunyodkorlik, o'zgarish va yangilanishlar maskaniga aylangan.
Oliygoh jamoasining ilg'or faoliyati va talaba-yoshlarni munosib sharoitlarda sifatli ta'lim olishlarini ta'minlash yo'lida o'quv binolari eng zamonaviy uslubda ta'mirlanmoqda.
Jumladan, Farg'ona shahar, Quvasoy ko'chasi, 55-uyda joylashgan San'atshunoslik fakultеti binosining bo'sh yеr maydoniga yangi- 1200 o'rinli o'quv binosini qurish ishlari ham boshlab yuborildi.
Qurilish ishlari avvalida ezgu tilaklar bilan duoga qo'l ochgan universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi Jamoatchilik Kengashi a'zolari- mamlakatimiz yoshlarini ma'rifatli qilib tarbiyalash yo'lida amalga oshirilayotgan ishlohotlarni mushohada etdilar.