Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

11:02, 06.08.2022      

Har bir yoshning eng ezgu niyati , oliy o’quv yurti talabasi bo’lishdek sharafli nomga sazovor bo’lishdir. Yoshlarning o’zi istagan kasbning yetuk mutaxassisi bo’lib yetishishida oliy ta’limning o’rni qanchalar muhim ekanini, barchamizga ma’lum. Bugun ,ushbu istaklarini amalga oshirish maqsadidaoliygoh oldida yig’ilgan yoshlar, o’zlarining kasbiy mahoratlari va ijodiy qobilyatlarini namoyon etib, kasbiy(amaliy) imtihonlarni topshirdilar.

Farg'ona davlat universitetida bo'lib o'tgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda:

Maktabgacha va boshlang’ich ta`limda jismoniy tarbiya va sport (kunduzgi)

Jismoniy madaniyat (sirtqi)

Jismoniy madaniyat (imkoniyati cheklangan sirtqi) kabi ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar sinovlardan o'tdilar.

Oliygohda joriy yilda yangi tashkil etilgan "Maktabgacha ta'limda jismoniy madaniyat" yo'nalishiga o'tkazilgan imtihonlarda 23 nafar erkaklar, 15 nafar xotin-qizlar qatnashdilar va 100 metrga yugurish, mokkisimon yugurish, turnikka tortinish hamda gimnastika mashg'ulotlarini bajardilar.