Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​OLIY O’QUV YURTIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI

13:26, 09.08.2022      

Yangi O’zbekistonning taqdiri bilan o’z taqdirini chambarchas deb bilgan har bir yosh bugun eng avvalo chuqur bilimga ega bo’lish zarurligini his qilmoqda.

Bugun, 8-avgust, erta tongdan, Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalariga 2022-2023 - o’quv yilida o’qishga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish imtihonlari boshlandi.

Xususan, ayni paytda Farg’ona davlat universiteti stadioni imtihon topshiradigan abituriyentlarbilan gavjumdir. Ulkan orzu-niyatlar bilan oligoh talabasi bo’lishga astoydil intilayotgan ilmga chanqoq yoshlar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazadilar.

Yoshlarning bilimlari shaffof baholanishi hamda ularning qulay sharoitlarda sinovlardan o’tishlari uchun oliygoh jamoasi tomonidan barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ularni qo’llab-quvvatlash uchun birga kelgan ota-onalar ham imtihon jarayonlarini xolis kuzatib bormoqdalar.

Maʼlumki, test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi. DTM sayti orqali abituriyent ruxsatnomasini olishni unutgan yoki yoʼqotgan yoshlar uchun Fargʼona davlat universiteti tomonidan maxsus xona tashkillanib, tezlik bilan ruxsatnoma chiqarib berilmoqda.

Shuningdek, Viloyat hokimi oʼrinbosari Fayzullo Qosimov, oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi rahbariyat vakillari - abituriyentlar manfaatlari, shaffoflik va xolislikni taʼminlash yoʼlida test jarayoni oʼtkazilayotgan hududda boʼlib turibdilar.