Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLAR- KELAJAK POYDEVORI

15:27, 20.08.2022      

Konstitutsion islohotlar – inson manfaatlariga xizmat qiladi. Asosiy qonunimiz mamlakatni har tomonlama isloh etish, fuqarolarimizning tinch-osoyishta hayotini taʼminlash, jamiyatda huquqiy tafakkur va madaniyatni yuksaltirishning mustahkam poydevoridir.

O’tgan davr ichida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadiga aylandi. Xalqimizni rozi qilish, turmush farovonligini yuksaltirish, farovon kelajagini taʼminlashga qaratilgan ezgu saʼy-harakatlar jamiyatda inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilmoqda. Bugun mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ro‘y berayotgan muhim konstitutsiyaviy yangilanishlar ham qator ijobiy jihatlari bilan beqiyos ahamiyatga egadir.

Farg’ona davlat universitetining Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetida professor-o'qituvchilar hamda fakultet talaba-yoshlari ishtirokida "Konstitutsiyaviy islohotlar- mamlakatimiz kelajagining poydevori" mavzusida zoom platformasi orqali targ’ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirni fakultet dekani B.Baydjanov ochib berar ekan, qatnashchilarga Yangi O'zbekistondagi yangi islohotlar, yangicha qarashlar hamda ularning ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berdi.

Shuningdek tadbirda so’z olgan tarix fani katta o'qituvchisi Akbarov Ravshanjon Konstitutsiyaviy islohotlar to'g'risida talabalar bilan suhbatlashdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga, tegishli munosabatlar bildirdi.