Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA KUZATUV KENGASHI YIG’ILISHI

15:31, 20.08.2022      


Ma’lumki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida vasiylik kengashlari tugatilib, tarkibining kamida 70 foizi tegishli vazirlik, idoralar, kadrlar buyurtmachilari, jamoatchilik vakillari va homiylardan iborat bo‘lgan yuridik shaxs maqomisiz oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari tashkil etilgan va ular o'z faoliyatini olib bormoqda.

Xususan, Farg’ona davlat universitetida ushbu Kengashning navbatdagi 3-sonli yig’ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, Kuzatuv Kengashi raisi Karimov Komiljon Hamidovich onlayn tarzda ishtirok etar ekan, kun tartibida belgilangan har bir masalaga alohida yondoshib, o’z mulohazalarinin bildirib o’tdi.

Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil15-iyundagi “Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish toʼgʼrisida”gi Qarori hamda “2022/2023 oʼquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʼgʼrisida”gi 60-sonli Farmoyishiga koʼra Fargʼona davlat universitetida yangi ochilgan bakalavriat taʼlim yoʼnalishlarini fakultetlar hamda kafedralarga muvofiqlashtirish maqsadida tashkiliy tuzilmas va shtatlar jadvaliga oʼzgartirish kiritish, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasining 2022-yilning mart oyida Fargʼona davlat universitetini oʼrganish natijalarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, universitetning sirtqi boʼlimini alohida fakultetlarga aylantirish hamda sirtqi taʼlim shakli boʼyicha prorektor lavozimini joriy etish, Universitet rahbar va xodimlari hamda professor-oʼqituvchilari faoliyatiga baho berish, ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) tasdiqlash, Pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki rotatsiyasiga oid tartibni tasdiqlash hamda boshqa tashkiliy masalalar Kengash a’zolari muhokamasida bo’ldi.

Yig’ilish so’ngida kun tartibidagi masalalar bo’yicha Kengash tegishli qarorlar qabul qildi.