Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishi bilanoq, respublikamizda xalqaro testlarni soni va sifatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Agentlik tomonidan O‘zbekistonda ilk bor yangi testlar: turk, arab va ingliz tili bo‘yicha keng qatlamga, xususan, o‘qituvchilar hamda abituriyentlarga qulayliklar yaratish maqsadida respublikaning barcha hududlarida test sinovlarini o‘tkazib kelinmoqda. Ammo so‘ngi vaqtlarda talabgorlar chet tili o‘qituvchilari, magistratura hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun o‘tkazilayotgan testlardan xabarsiz ekanliklari sababli Toshkent shahriga kelishayotganligi to‘g‘risida hududlardan xabarlar kelib tushmoqda. Yuqorida keltirilgan xalqaro testlar o‘tkazilish sanalari va hududiy vakilliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilovaga muvofiq taqdim etilmoqda. Shuningdek, xalqaro Linguaskill, TKT, AT Tanal Al Arabi va boshqa testlar bo‘yicha to‘liq hamda ishonchli ma’lumotlarni agentlik hududiy vakilliklaridan olish mumkinligini va o‘z o‘rnida Agentlik vakilliklari chet tillarini yanada rivojlantirish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda turli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilamiz. Ushbu xatni va agentlikning hududiy vakillarining aloqa ma’lumotlarini Oliy ta’lim tizimidagi barcha chet tili o‘qituvchilariga, magistratura hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim yo‘nalishlari uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi bilan bog‘lanishingiz mumkin.
Xalqaro test nomi |
O‘tkazilish sanasi va joyi |
Mas’ul |
Bog‘lanish vaqti |
Linguaskill, TKT(Teaching Knowledge Test), |
Har oy, talabga qarab; Farg‘ona |
+998914449239 +998945505152 |
Ish vaqti: 09:00- 18:00 Tushlik: 13:00-14:00 |
Hududiy vakillik |
Mas’ul xodim (F.I.SH) |
Telefon raqami |
Farg‘ona viloyati hududiy vakilligi |
Raxmatova Aziza Erkinovna |
+99891 124 77 66 |