Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​Э Ъ Л О Н

09:28, 23.08.2022      

Ikkinchi oliy ta’limga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun ham so‘nggi imkoniyat

2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi oliy ta’limga qabul bo‘yicha vazirlikning ikkinchitalim.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqildi.

Ammo ayrim arizalar ma’lum bir sabablarga ko‘ra rad etildi.

Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 23-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.

Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabalardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining ko‘rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.