Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​BIZNING TALABAMIZ ENDI - GERMANIYADA

11:49, 23.08.2022      

Oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan yoshlarimizning chuqur bilim egasi bo’lishlariuchun yurtimizda qator imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Xususan, Oliy ta’lim muassasalarida xalqaro doiradagi munosabatlarning yo’lga qo’yilishi, talabalar uchun chet davlatlarda o’qishlarini davom ettirish imkonini yaratmoqda.

Bugunning yoshlari bu kabi sharoitlardan unumli foydalanmoqdalar. Bu esa O’zbekiston yoshlarining xalqaro tajriba almashish imkoniyatini yaratmoqda.

O’zining bilim va malakasini chet el standartlari asosida yanada mustahkamlash maqsadida, Fargʻona davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 19-101B guruh talabasi Abduqunduzova DilshodaGermaniyaning Munster shahrida “Hochschulesommer” kursida o’qish uchun grant yutib oldi.