Oliy ta’lim muassasalarining salohiyati, unda faoliyat olib borayotganprofessor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyati, ya’ni, ularning ilmiy darajalariga qarab belgilab boriladi.
Farg’ona davlat universiteti o’zining malakali, yetuk bilim salohiyatga ega professor-o’qituvchilari bilan Respublikada o’z o’rniga ega oliygohlardan hisoblanadi. Unda faoliyat olib borayotgan yosh tadqiqotchilar kun sayin ortib bormoqda.
Jumladan, Chet tillari fakulteti Tabiiy yo'nalishlar bo'yicha chet tillari kafedrasio'qituvchisi Dadajonov Oybek Zokirjonovichning 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “O'zbek va nemis ma'rifatchilik dramaturgiyasida zamon va badiiy talqin” mavzusidagimavzusidagifilologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminari Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashda bo'lib o'tdi.