Farg’ona davlat universiteti hamda Viloyat kasaba uyushmasining tashabbusi bilan, joriy 2022-2023 o’quv yilida 1-sinfga qabul qilingan farzandlari bo’lgan ishchi xodimlarning barcha o’g’il-qizlari oliygoh bog’igataklif qilindi. Ularni hayotlarining eng hayajonli lahzalari bo’lgan, maktab ostonasiga qadam qo’yishlari munosabati bilan ma’muriyat tomonidan ajoyib sayohat tashkillandi. Ko’zlarida hayrat bilan ota-onalari ishlab mehnat qilayotgan universitetning o’quv binolarini, universitet tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari davlat muzeyini” tomosha qildilar. Shundan so’ng, bolalar uchun maxsus avtobusda Farg’ona shahri bo’ylab sayohat tashkillandi. Ularga shaharning yangicha qiyofasi bilan tanishtirildi va I.Karimov nomidagi san’at saroyida, Farg’ona Politexnika institutida hamda “Al-Farg’oniy istirohat bog’i”da bo’ldilar. Bolalarga bir olam quvonch ulashgan ushbu tadbir “Istiqlol”cafesida davom etdi. U yerda bolalar uchun tushlik tashkil etildi. Shu kun bolajonlar uchun kutilmagan voqealarga boy bo’ldi. Universitet hamda Kasaba uyushmasi hamkorligida bolalarga o’quv qurollari jamlanmasidan iborat maktab sovg’alari topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Bunday kutilmagan tashabbusdan bolalar va ularning ota-onalari cheksiz quvondilar. Oliygohda amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar, yurtimizda inson qadri ulug’ ekanining yana bir na’munasidir.