Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​DIQQAT, QO‘SHMA TA’LIM: QOZON FEDERAL UNIVERSITETIGA QABUL BOSHLANDI!

17:21, 27.08.2022      

Farg'ona davlat universiteti- Rossiya Federatsiyasining Jahon reytingida TOP 100 talikdan o'rin olgan Qozon (Volgaboyi) Federal Universiteti bilan hamkorlikda - Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili yo'nalishi bo'yicha qo'shma ta’lim dasturi asosida o'qishga qabul boshlanganliginie’lon qiladi.

Hujjatlar 2022-yilning 15-sentabr sanasiga qadar qabul qilinadi.

Nomzodlar tomonidan fuqarolik pasporti va o’rta maktabni tugatganlik attestati taqdim etilishi lozim. Hujjatlar Farg'ona davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limida qabul qilinadi.

Qo'shma ta’lim dasturida (3+1, 3 yil FDUda, 1 yil QFUda) o'quv jarayoni rus tilida, to`lov-kontrakt asosida olib boriladi.

Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga ikki davlatda ham tan olinadigan ikki tomonlama diplom beriladi.

Murojaat uchun: +998 73 244 44 29 (Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha, Shanba 09:00 dan 14:00 gacha).