Farg'ona davlat universitet tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari" muzeyi direktori, dotsent- Sobirjon Siddiqov hamda O'zbekiston tarixi kafedrasi katta o'qituvchisi Ravshanbek Akbarovlar tomonidan Viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasida "Qatag'on qurbonlari - istiqlol fidoyilari" mavzusida ma'ruza olib borildi.
Ushbu ma`ruza davomida Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta`minlash yo‘lida mardona kurash olib borib aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimiz va ularning faoliyati haqida ma`lumotlar berildi.