Farg’ona davlat universitetida yangi 2022-2023 o’quv yili boshlandi!
Universitet bag’ri yana talaba-yoshlar bilan to’ldi. Yangi o’quv yilini o’zgacha ko'tarinki kayfiyatda boshlagan talabalar bayramona kutib olindi.
Universitet rektori B.Shermuhammadov boshchiligidagi maslahat guruhlari tomonidan barcha fakultetlarda talabalarni kutib olish ishlari yuksak darajada uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan muloqotlar o'tkazgan rektor suhbat jarayonida o'quv mashg’ulotlari, to’garaklar faoliyati, ichki tartib-tamoyillar xususida atroflicha ma’lumotlar berdi.