Hayotida yangi sahifa ochib, talabalik maqomiga erishgan bir talay yoshlarimiz, bugun o’z oliygohlari sari talpinmoqdalar. Kelajakka ishonch bilan boqayotgan bu qora ko’zlarda , ilmning eng yuksak marralari zarb etishdek shijoatlarini ko’rish qiyin emas.
Farg’ona davlat universitetning Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi ham bir guruh qalbi ilmga tashna yoshlarni fakultetning “Nilufar” talabalar teatrida qarshi oldilar. Oliygohga ilk bora qadam qo’ygan bu talabalarni Mustaqilligimizning 31 yilligi hamda yangi o’quv yili bilan jamoa rahbariyati chin yurakdan tabrikladi.
“Yangi Ozbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o’tgan “Mustaqillik darsi”da yurtimizda olib borilayotgan yuksak islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirildi. Xususan, yoshlar masalasi, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar samarasi haqida alohida to’xtalib o’tdilar. Jumladan, Oliygohimizda amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarni sifatli bilim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, talabalarning yashashlari uchun turar joylarning zamon talablari darajasida jihozlanganligi, ularning bo’sh vaqtlatini mazmunli o’tkazishlari uchun Axborot resurs markazi, “Book cafe”, turli to’garaklar faoliyati to’g’risida, shuningdek, talabalarning ta’lim jarayonida universitetning ichki tartib-intizomiga rioya qilishlari kabi masalalar to’g’risida suhbat olib bordilar.