Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TABIIY FANLAR FAKULTETIDA “TANISHUV HAFTALIGI”

09:26, 07.09.2022      

Tabiiy fanlar fakultetida joriy o'quv yilining 1-bosqich talabalarini kutib olish marosimi va "Birinchi kurs maktabi" tadbirlari tashkil etildi. Eng yuqori ball to’plab, yuqori natija ko’rsatgan - Kimyo yo‘nalishi talabasi B.Ilyosov, Biologiya yo‘nalishi talabasi I.Soxibov, Geografiya yo‘nalishi talabasi M.Ermuhammadova, Ekologiya yo‘nalishi talabasi R.Abdumutalibovalar munosib taqdirlandi.

Shuningdek, talabalarga universitetning ichki tartib-intizomi to’g’risida, talabalar uchun yaratilgan qulayliklar to’g’risida batafsil tushuntirishlar olib borildi. Jumladan, fan, sport va ijtimoiy to’garaklar, “Qatag’on qurbonlari muzeyi”, Axborot resurs markazi hamda “Book cafe” faoliyati bilan yaqindan tanishtirildilar.