Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

UNIVERSITETDA YANGI O'QUV BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

14:42, 07.09.2022      

Bugun Farg'ona davlat universitetida yangi o'quv binosining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Bayram tantanasiga aylanib ketgan ushbu marosimda oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov nutq so'zlar ekan, bir asrlik buyuk tarixga ega bu muqaddas dargohning "Oltin qozig'i" aynan shu ziyo maskani ekanligini e'tirof etdi.

Tadbirda so'z olgan universitet professor - o'qituvchilari ilm-ma'rifat chirog'i nur taratgan bu dargohda fidokorona mehnat qilgan, yoshlarni bilim ila yorug'likka yetaklagan ustozlarni yodga oldilar. Ular qoldirgan bebaho ma'naviy merosni munosib vorislari talaba-yoshlar bo'lishlariga ishonch bildirdilar.


Tadbir ishtirokchilari yangi o'quv binosi, yoshlarning puxta bilim olishlari uchun bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar va dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Endilikda bu shinam va ko'rkam, zamonaviy va muhtasham o'quv binosida universitetning Yurisprudensiya, Tarix, San'atshunoslik fakulteti talabalari ta'lim oladilar.


Tаrix fakulteti binosi 2022-2023-oʻquv yillari uchun tamirlanib, zamonaviy koʻrinishda jihozlangan. Oliygohda birinchilardan boʻlib oʻz faoliyatini boshlagan ushbu qismi ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti Fargʻona davlat universitetining tayanchi hisoblanadi.