Yoshlarda havas, faxr, iftixor, g’ayrat va shijoat tuyg’ularini yuksaltirish maqsadida Jismoniy madaniyat fakultetida oliygoh faxriga aylangan yoshlar bilan "Sportchilar bilan uchrashuv" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda yangi o’quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlar hamda universitetning nomini dunyoga tanitgan bir qator chempionlar ishtirok etdilar.
Jumladan, sportning boks turi bo'yicha Tokio-2020 Olimpiada o'yinlari ishtirokchisi Miraziz Mirzahalilov;
Uchrashuvda, Chempionlar musobaqalar oldidan mashaqqatli tayyorgarliklar jarayonlari hamda musobaqalardagi hayajonli lahzalar haqida to’lqinlanib gapirdilar.
Hayajonli lahzalarga boy tarzda o’tgan uchrashuv qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.