Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​“KITOB MENING DO’STIMSAN” KO’RIK TANLOVI

09:13, 08.09.2022      

Talaba-yoshlaro`rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning intellektual va ma’naviy saviyasini yuksaltirish, kitob o`qishga bo’lgan qiziqishi, intilishini qo`llab-quvvatlash, kitobxonlikni rivojlantirish orqali ularning Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqidagi tushuncha va bilimlar ko’nikmalarini rivojlantirish, milliy hamda jahon adabiyoti durdonalarini targ`ib etish maqsadida, Matematika-informatika fakultetining matematika yo‘nalishida ta'lim olayotgan 1-bosqich talaba-yoshlari o’rtasida “Kitob-mening do'stimsan” mavzusida ko`rik-tanlovning birinchi bosqichi bo’lib o’tdi.

Ko`rik tanlovda qatnashuvcilar 2 ta shart bo’yicha bellashdilar.

1-shartda talabalarning shu kunga qadar o`qigan kitoblari ro`yxatini tayyorlab berdi. O`qigan badiiy adabiyotlari orasida o`ziga eng yoqqan asarlarining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berishdi.

2-shartda Qatnashuvchi talabalar hakamlar hay’ati tomonidan tayyorlangan 5ta savollarga javob berishdi.

Tadbir 2 bosqichda tashkil etilgan bo’lib, birinchi bosqichda g’olib deb topilgan quyidagi talabalar

1-bosqich 22-03 guruh talabasi Shahrizoda Abdurahmonova;

1-bosqich 22-03 guruh talabasi Nargisxon Bahodirova;

1-bosqich 22-01 guruh talabasi Sevinch Hasanovalar keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritdilar.