Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA ISTIQLOLNING 31 YILLIK BAYRAMI

09:31, 08.09.2022      

Farg'ona davlat univеrsitеtida O'zbеkiston Rеspublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligiga bag'ishlangan - “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostidagi bayram tantanasi bo'lib o'tdi.

Shodiyona avvalida qutlug' ayyom - Istiqlolning 31 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov o'z bayram tabrigini izhor etdi.

"Yangi O‘zbekiston orzusi – kechagi istak emas. O‘zining chuqur ildiz tomirlariga ega hurlik strategiyasi, millat hoxish-irodasi hamisha yurtoshlarimiz tomirida oqqan qon kabi jo‘sh urgani ayni haqiqatdir.

Haybatli tog‘laru, qorong‘u dovonlar mardonavor bosib o‘tildi. Muhimi, shu kunlarga xalqimiz yorug‘ yuz bilan, yorug‘ istiqbol bilan, yorqin natijalar bilan yuzlashdi," - deya e'tirof etdi universitet rahbari o'z nutqida.