Farg`ona davlat universitetining Filologiya fakultetida O`zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali tavalludining 80 yilligiga bag`ishlangan ilmiy-adabiy anjuman tashkil etildi.
Uchrashuvda Farg`ona viloyati hokim o`rinbosari Fayzullo Qosimov, oliygoh rahbariyati, professori-o’qituvchilar, adabiyotshunoslik kafedrasi a’zolari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida yozuvchining umr yo`llari, yaratgan bebaho asarlari haqida gap ketar ekan, tashkillangan uchrashuv talaba-yoshlar uchun chin ma’nodagi mahorat darsi bo`ldi.