Harbiy taʼlim fakultetida Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati hamda yangi o’quv yili munosabati bilan tadbir boʼlib oʼtdi.
Tadbirda, Farg’ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov ishtirok etib, Harbiy taʼlim fakultetining ofitser-oʼqituvchilar jamoasini Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi va yangi oʼquv yili bilan tabriklab bayram tadbirini ochib berdi. Ushbu tadbirda unversitet prorektorlari va Harbiy taʼlim fakultetida uzoq yillar mobaynida mehnat qilgan ofitser-oʼqituvchilar ham ishtirok etdilar. Tadbir davomida Talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlarga bayramon dasturxon yozildi. Tadbir koʼtarinki ruh va kuy qoʼshiqlar bilan davom etdi.