Turkiyaning Konya shahridagi V Islom birdamligi o'yinlari xalqaro musobaqasi o'z yakuniga yetdi.
Unda 24 ta sport turida 268 ta sportchi bilan qatnashgan Oʻzbekiston delegatsiyasi 51ta oltin, 42ta kumush va 65ta bronza — jami 158ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egalladi.
Ushbu musobaqalarda qatnashgan, Farg’ona davlat universitetining Sirtqi bo‘limi, amaliy psixologiya yo‘nalishi 19.60-guruh talabasi Akmaljonova Gulsanam Shahobiddin qizi - 48 kg vazn bo‘yicha sportning kik booksing yo‘nalishida ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi va bronza medali sohibi bo‘ldi.