Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​XALQARO XAMKORLIK UCHRASHUVLARI

08:48, 16.09.2022      

Tarix fakulteti jamoasi Xitoyning xalqaro TOP 1000 likka kiruvchi Shimoli-g‘arbiy univesiteti Xitoy Ipak yo'llari arxеologiyasi bo'yicha hamkorlikdagi tadqiqot markazi profеssorlari Wang Jianxin va Ling Xuelarni qarshi oldilar.

Ushbu tashrifdan ko’zlangan maqsad, ikki universitet o‘rtasida 2019-yilda Toshkent shahrida imzolangan hamkorlik shartnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, o‘zaro aloqalar doirasini yanada kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqishdan iboratdir.

Uchrashuvda, ikki universitet o‘rtasida talabalar almashinuvi, proffessor-o‘qituvchilarining ilmiy stajirovkalarini yo‘lga qo‘yish, Farg‘ona vodiysida amalga oshiriluvchi arxeologik tadqiqotlarda, shuningdek, arxeolog va tarixchi mutaxassislarni tayyorlashda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish yuzasidan aniq rejalar tuzilib, vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, muzokaralar davomida, Farg‘ona hamda Sian tarix va arxeologiya ilmiy maktablarining hamkorlikdagi tadqiqot natijalarini fan va ta’lim jarayoniga keng tatbiq etib borishga kelishib olindi.

Tashrif davomida xitoylik professorlar tomonidan fakultetning tarix hamda arxeologiya ta’lim yo‘nalishlari talabalari va magistrlariga master-klass mashg‘ulotlari taskil etildi.

Muzokaralardan so’ng, mehmonlar Farg’ona davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari" xotirasi muzеyiga tashrif buyurdilar. Muzеydagi tarixiy ma'lumotlar, eksponatlar, mustaqillik uchun kurash olib borgan ajdodlarimiz tarixi profеssorda katta taassurot qoldirdi.