Farg’ona davlat universitetining Fizika – taxnika fakultetida 2022-2023 o’quv yilida talabalar safiga qabul qilingan yoshlarga. oliygohning ichki-tartib qoidalarini tushuntirish yuzasidan kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda, fakultet dekani, professor-o’qituvchilar, tyuterlar hamda 1-bosqich talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Fakultet dekani Sh.Shuhratov yangi o’quv yilida talabalik maqomiga erishgan ushbu talabalarni chin ko’ngildan qutlar ekan, o’quv jarayonlari davomida har bir talabadan universitet ichki tartib-tamoyillari, odob-ahloq qoidalari, talabaning burch va vazifalari mavjudligi va ularga to’liq amal qilinishi haqida aytib o’tdi.
Xususan, Professor-o’qituvchilar va talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabatlari, talabalarning o’zaro munosabatlari hamda talabalar turar joylarida, kutubxona, Axborot resurs markazida intizomga qat’iy amal qilinishi, darslarni qoldirmaslik va talabalarni baholash tizimi haqida ko’plab masalalar yuzasidan majburiyatlari tushuntirildi.