Ma’lumki, Farg’ona davlat universitetining Zootexniya fakultetida Zootexniya-asalarichilik yo’nalishining yosh tadqiqotchilari tomonidan muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Asalarichilik va dorivor o'simliklar yetishtirish ilmiy innovatsion markazida parvarishlanayotgan asalari oilalarida yetishtirilgan asal mahsulotini olish jarayonida fakultetining zootexniya-asalarichilik yo'nalishi talabalarining amaliyot darslari bo'lib o'tdi.
Ular o'zlashtirilgan nazariy bilimlarini amalda tadbiq qilish bilan birga, asal olish jarayonida ham qatnashdilar.