Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​UNIVERSITET YOSHLAR YETAKCHISI SAYLANDI

11:13, 19.09.2022      

O‘zbekiston yoshlar ittifoqiFargʻona davlat universiteti boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda boshlang‘ich tashkilot tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlarni baholash, boshlang‘ich tashkilot Kengashi tarkibi va yetakchisini saylash, yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Yig‘ilishda universitet Yoshlar bilan ishlash, manaviyat-marifat boʻlim boshligʻi O’.Rajabov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg’ona viloyati Kengashi Boshlangʻich tashkilotlar bilan ishlash boʻlim boshligʻi M.Abdurahimov hamda 172 nafar delegatlar ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi universitet yoshlar yetakchisi Ikromov Dilyorbek Islomjon o‘g‘lining hisoboti eshitildi.

So‘ng, boshlang‘ich tashkilotning o‘tgan davrdagi faoliyati ovozga qo‘yilib, delegatlar tomonidan qoniqarli deb topildi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida boshlang’ich tashkilot yetakchilarini saylash tadbirlari davom etar ekan, Fargʻona davlatuniversitetida ham saylov o’tkazilib, yoshlar yetakchiligiga

1. Ikromov Dilyorbek Islomjon oʻgʻli,

2. Yoqubov Jamshidbek G'ulomjon o'g'li

3. Oxunov Xusniddin Shermatjon oʻgʻli nomzodlari qo’yildi. Saylov natijalariga ko’ra Ikromov Dilyorbek Islomjon oʻgʻli eng ko’p 67% ovozga ega bo’lib, yetakchilikka saylandi.