Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetida dekan va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi. Uchrashuvda, fakultet dekani B.Baydjanov, yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar boyicha dekan orinbosari H.Saipova va fakultet tyutorlari hamda talaba yoshlar ishtirok etdilar.
Yig’ilishda fakulteti dekani B. Baydjanov so’zga chiqib, ota-onalarga Farg`ona davlat universiteti kengashining 2022-yil 28-yanvardagi 6-sonli yig`ilishida ma`qullangan universitet ichki tartib qoidalari va odob-ahloq qoidalari haqida to`liq ma`lumot berib o`tdi.
Shuningdek, 1- bosqich talaba-qizlariga ma'naviy tarbiya, universitetning ichki tartib- qoidalari, siyosiy va huquqiy yangiliklar, o'qish jarayonidagi talablar xususida batafsil tushunchalar berdi.
Suhbat davomida fakultet dekani talabalarga kredit – modul tizimining mazmun mohiyati va asosiy xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Jumladan kredit, reyting tushunchalari, o‘qish yuklamasi nima?, o‘qish natijasi nima?, mustaqil ta’lim nima?, mustaqil ish nima? kabi talabalarni qiziqtirgan tushunchalari haqida ko‘rgazmali vositalar yordamida axborot berildi.