Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

16-SENTABR “XALQARO OZON QATLAMINI MUHOFAZA QILISH” KUNI

17:22, 19.09.2022      

Atmosferaning ozon qatlami quyoshning ultrabinafsha nurlarini ushlab qoladigan qalqon hisoblanadi. Afsuski, sayyoramizda tabiiy muvozanat buzilishi natijasida ozon qatlamining yemirilishi bilan bogʻliq ekologik xavf paydo boʻldi. Bu esa kelajakda iqlimning bashorat qilib boʻlmaydigan oʻzgarishlariga, yaʼni inson organizmi immun tizimining zaiflashishiga, onkologik kasalliklar sonining oshishiga, oʻsimliklarning sekin oʻsishiga olib kelishi mumkin.

Keyingi yillarda yurtimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarga ekologik bilim berish borasida koʻpgina ijobiy ishlar qilinmoqda. Oʻrta va oliy oʻquv yurtlarida talabalarga ekologiya fani boʻyicha bilim berilmoqda.

Farg’ona davlat universitetining Tabiiy fanlar fakultetida ham, 16-sentabr "Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish" kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Farg'ona viloyat ekologik partiya rahbari va Tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari hamda Fakultetning Ekologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar.