Bugun hamma nigohlar bizga qaratilgan, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan bo’layotgan tashqi siyosatimiz o’zini ruhini SHHTga singdirdi desak ham bo’ladi. Bu yerda katta bir energiya, katta qudratni yig’ilayotganini ko’rishimiz mumkin. Bu kuch, bu qudrat, bu energiya avvalambor, tinchlikka, hamkorlikka, insoniyatning oldida turgan yirik-yirik masalalarni barqaror hal qilishga intilishida ko’rishimiz mumkin. Shu jihatlar bilan ham, Samarqand sammiti, boshqa sammitlarga nisbatan o’ziga hosligi bilan ko’rsatadi, sermahsulligini ko’rsatadi. Shu orqali ham, bugungi yangi o’zbek diplomatiyasi o’zini yangicha qiyofasini jahon ommasiga yana bir karra o’zini ko’rsata oladi.
Farg’ona davlar universitetining Tarix fakultetida, mamlakatimizning ertanggi porloq istiqboli yuzasidan o’tkazilgan seminar mavzusi ham aynan shu masalaga qaratildi.
Unda, fakultet jamoasi tomonidan talabalar uchun Shanxay Hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti mohiyati, tuzilma faoliyatining maqsad va rejalarini batafsil yoritildi.