Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

SPORT PSIXOLOGIYASI

16:51, 20.09.2022      

Har qanday malakali murabbiy psixologiyadan ozmi-ko'pmi xabardor. Lekin baribir u natija uchun ishlaydi - gollar, ochkolar, metrlar, soniyalar... Va unga intilishda sportchilarning psixologik muammolari ko'pincha fonga o'tadi. Bu ekstremal faoliyat turi bo'lib, unda doimiy stress muqarrar. Va bunday vaziyatda psixologning yordami juda foydali.

Farg’ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabalari bilan ham "Sportchi talabalarni psixologik qo‘llab quvvatlash" mavzusida universitet psixologi F.Abdullayeva bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda, sport psixologiyasining paydo bo'lishi, uning fanga kirib kelishi, bu borada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, sportchilarni psixologik qo'llab-quvvatlash va reabilitatsiya qilishning barcha dasturlari haqida ko’plab ma’lumotlar tinglandi.

Taqqoslash uchun: so‘nggi olimpiadaga Xitoy delegatsiyasida kamida o'ttiz nafari psixologlarni tashkil etgani, Amerika delegatsiyasida esa qirqqa yaqin psixolog qatnashgani va bu mamlakatlarning musobaqalar natijasiga ko’ra, qo‘lga kiritgan medallar soni haqida ko’plab misollar keltirildi.

Uchrashuv talaba-yoshlarda katta motivasiya uyg’otdi.