Chet tillari fakulteti tashabbusi bilan yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishini uyg’otish, ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida, "Eng yaxshi kitobxon talaba" Respublika ko‘rik-tanlovining fakultet bosqichi o'tkazildi.
Tanlovda talaba-yoshlar o'zlari o'qigan kitoblaridan eng ta'sirli, tarbiyaviy ahamiyati yuqori bo'lgan lavhalarni qisqacha yoritib berdilar.