Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“Eng yaxshi kitobxon talaba”

10:41, 23.09.2022      


Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon talaba” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 26-apreldagi 149-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Tabiiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida ko‘rik-tanlovning fakultet bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov tavsiya etilgan adabiyotlar asosida nizomda belgilangan tartibda uchta shart bo‘yicha o‘tkazildi.

Tanlovning o‘tkazishdan asosiy maqsad-talabalar o‘rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Ko‘rik-tanlov natijasiga ko‘ra birinchi-ikkinchi o‘rinni egallagan talabalar universitet bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.