O'zbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi organlarida xizmatni o'tayotgan yosh mutaxassislarga "Yuqori malakali va tashabbuskor kadrlar- taraqqiyot kafolati" mavzusida o'quv seminari tashkil etildi.
Seminarda, Farg’ona davlat universiteti Harbiy ta'lim fakulteti maxsus tayyorgarlik sikli katta o'qituvchisi, zahiradagi podpolkovnik S.Mamajonov "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalarning mazmun-mohiyati" mavzusida ma'ruza qildi.