Farg‘ona viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari R.Qosimov, U.Xo‘jaqulov va F.Xatamkulov Farg‘ona viloyat sudi raisi tomonidan tasdiqlangan Media rejaga asosan 2022 yil 23 sentabr kuni Farg‘ona davlat universiteti Tarix fakulteti binosida yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tadbirda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, kredit shartnomasi bilan bog‘liq munosabatlardan kelib chiquvchi nizolar va ularni bartaraf etish tartibi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamoat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilikishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza qilinib, ishtirok etuvchi talabalarga tushuntirishlar berildi.
Talabalar tomonidan berilgan savollarga sudyalar tomonidan asosli javoblar berildi.
Muloqot jarayonida50 nafar talabalar qatnashdi.