Talaba-qizlarni kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, tadbirkorlik bo‘yicha davlat tomonidan berilgan soliq imtiyozlari, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida tadbirkorlik sohasiga qiziqqan talaba-yoshlari darsdan bo'sh vaqtlarida Farg'ona shahar "ISHONCH A'LO POYAFZAL" MCHJ charm poyafzal ishlab chiqarish zavodida bo'ldilar.
Tashrif jarayonida MCHJ rahbari N.Qodirova talabalarga tadbirkorlik sirlari hamda zavoddagi poyafzal ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichi bilan birma-bir tanishtirib o'tdi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga to'laqonli javob oldilar.